Italiyaning Barletta shahrida yosh ijrochilar o‘rtasida XXV xalqaro tanlov bo‘lib o‘tdi.
54 mamlakatdan kelgan yosh ijochilar xalqaro musiqa forumiga Toshkentdagi R. M. Glier nomidagi Respublika ixtisoslashgan musiqiy akademik litsey tarbiyalanuvchilari ham ishtirok etdi, deb xabar beradi Jahon AA.
Tanlov fortepiano, torli va puflab chalinadigan musiqiy asboblar, ansambl ijrochiligi yo‘nalishlarida o‘tkazildi. Shuningdek, ishtirokchilar yosh bo‘yicha guruhlarga bo‘lindi.
Skripka sinfi bo‘yicha mutlaq birinchi mukofotni Yusupova Asal qo‘lga kiritdi, Boshkaryov Dani ikkinchi bo‘ldi. Fortepiano sinfi bo‘yicha birinchilikni Salohova Alisa va Murodbekova Sevara qo‘lga kiritdi, Yakubova Yasmina 2-o‘rinni band etdi.