Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ukraina AQShga bojsiz mahsulot yetkazib beradi
Ukraina kompaniyalari preferensiyalar bosh tizimi yangilangan dasturiga muvofiq AQShga bojxona to‘lovlarisiz turli mahsulotlarni yetkazib beradi. Bu haqda mamlakat iqtisodiy rivojlanish vazirligining sayti orqali xabar qilindi.
AQShga yetkazib beriladigan mahsulotlar qatorida kimyoviy sanoat mahsulotlari, minerallar, qurilish toshlari, zargarlik buyumlari gilamlar va ayrim qishloq xo‘jaligi mahsulotlari bor.
Vazir o‘rinbosari Natalya Mikolskayaning so‘zlariga qaraganda, bu imkoniyatdan foydalanish uchun mahalliy kompaniyalar samarador ishlash mexanizmlarga ega ekanligini ko‘rsata olishi talab qilinadi.