Sport | 18:00 / 08.07.2015
2310
1 daqiqa o‘qiladi

Universiada-2015: Tayanib sakrash musobaqasida Dilnoza Abdusalimova 4-o‘rinni egalladi

Janubiy Koreyaning Kvandju shahrida o‘tkazilayotgan Butunjahon Universiada o‘yinlarida O‘zbekiston terma jamoasi vakillari medallardan quruq qolishda davom etmoqda.

Sport gimnastikasining tayanib sakrash musobaqasida ishtirok etgan terma jamoamiz a'zosi Dilnoza Abdusalimova 13.266 ochko to‘plagan holda 4-o‘rinni egalladi.

Ta'kidlash joizki, Dilnoza Abdusalimova mazkur musobaqada bronza medalini qo‘lga kiritgan portugaliyalik Filipa Martinsdan bor yo‘g‘i 0,100 ochko kam jamg‘ardi.

Ushbu musobaqada oltin medalga yaponiyalik Yu Minobe (14.000 ochko) sazovor bo‘lgan bo‘lsa, rossiyalik Polina Fedorova 13.733 ochko bilan ikkinchi o‘rinni egalladi.