Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
11-12 iyul kunlari Toshkent shahridagi bir qator masjidlarda xatmi Qur'on yakunlanadi
Muborak Ramazon oyining uchinchi dahasidamiz. Allohning rahmatidan umidvor bo‘lib, ko‘proq savobga erishib qolish umidida bo‘lgan yurtdoshlarimiz, har kuni masjidlarimizda bo‘layotgan xatmi Qur'onga oshiqmoqdalar. Shu kunlarda birin-ketin masjidlarda xatmonalar bo‘lib o‘tmoqda.
Iyul oyining o‘n birinchi kuni poytaxtimizdagi quyidagi masjidlarda xatmi Qur'on yakunlanishi rejalashtirildi.
Olmazor tumanidagi “Siroj Solih” jome masjidi. Imom-xatibi Botir Bolbekov, xatmda Nig‘matov Sunnatilla qori;
Olmazor tumanidagi “Mirza G‘olib” jome masjidi imom-xatibi Muhammadxon Sultonxonov, xatmda Soyibjon Jo‘rayev, Kozimjon Ibrohimov va Ibrohim Erqulov o‘g‘li qorilar;
Olmazor tumanidagi “Iskandarxo‘ja” jome masjidi. Imom-xatibi Abdulloxon Shokirov, xatmda A'zamjon Toshboyev qori;
Olmazor tumanidagi “Axmadjon qori” jome masjidi. Imom-xatibi Muhammadiy Ergashev, xatmda Muxammadiy Ergashev va Jaxongir Ruziyev qorilar;
Uchtepa tumanidagi “Mirbobo ota” jome masjidi. Imom-xatibi Atamurodov Abdujalil, xatmda Fazliddin Begmatov va Osim Muxitdinov qorilar;
Chilonzor tumanidagi “Tinchlik” jome masjidi imom-xatibi Shermurot Do‘ngboyev, xatmda Ibrohim Tuyg‘un va Abdulloh G‘ofurov qorilar;
Yunusobod tumanidagi “Mirza Yusuf” jome masjidi imom noibi Mavlon Xudoyqulov, xatmda Xumoyunxon Ismoilov qori;
Yunusobod tumanidagi “Yunusobod” jome masjidi. Imom-xatibi Abdug‘ani Toshpo‘latov, xatmda Yosinbek Qodirov va Abduraxmon Raxmonov qorilar;
Iyul oyining o‘n ikkinchi kuni
Uchtepa tumanidagi “Mahkamboy xoji ota” jome masjidi. Imom-xatibi Zokirov Habibullo, xatmda Muxammadjon Shakirov qori;
Olmazor tumanidagi “Imom Buxoriy” jome masjidi. Imom-xatibi Sadriddin Abdurashidov, xatmda Rahmatulloh G‘oziyev qori;
Olmazor tumanidagi “Hofiz Ko‘xakiy” jome masjidi. Imom-xatibi Abdurasul Toshpo‘latov, xatmda Oyatullo Aynitdinov qori;
Mirobod tumanidagi “Valixo‘ja o‘g‘li Norxo‘ja” jome masjidi. Imom-xatibi Habibullo Hamdamov, xatmda Ahmad Turayev va Ziyoviddin Islomov qorilar;
Mirzo Ulug‘bek tumanidagi “Tepa masjid” jome masjidi imom-xatibi Abdulloh Orifzoda, xatmda Faxriddin Shirinov va Abdusamad Raxmonberdiyev qorilar;
Mirzo Ulug‘bek tumanidagi “Dorul Omon” jome masjidi imom-xatibi Maxammadjon Otabayev, xatmda Ibrohim Asranov qori;
Yashnobod tumanidagi “Pul yemas ota” jome masjidi imom-xatibi Xayrullo Tog‘ayev, xatmda Erkin Xisorov va Alisher Niyozov qorilar;
Yashnobod tumanidagi “Axmad Yassaviy” jome masjidi. Imom-xatibi Alimardon Xushvaqtov, xatmda Saydullo Tohirov qori.
Alloh taolo Ramazon oyini Yurtimiz uchun barokatli va xayrli qilsin. Vatanimiz tinchligi va xotirjamligimizni bardavom va barqaror aylasin.
Manba: O‘zbekiston musulmonlari idorasi rasmiy veb portali / Muslim.uz