Jahon | 11:55 / 04.06.2016
11631
1 daqiqa o‘qiladi

Meksika hukumati umumiy qabrdan 117 jasadni qazib oldi

Meksikaning Tetelsingo shahridagi umumiy qabrdan 117 kishining jasadi kovlab olingan. Ularning orasida, 3ta bolaning qoldig‘i ham bor, deb xabar qilgan Moreles shtati bosh prokurori Xaver Peres Duron.

Avval xabar qilinganidek, ushbu qabrdan mahalliy prokuratura talab qilinmagan jasadlarni ko‘mish uchun foydalangan bo‘lishi mumkin. Bu xabarni, bosh prokuror Peres Duron o‘sha vaqtdayoq deyarli tasdiqlagan edi. 

Uning ichida 116 mayyitning jasadi borligi aytilgandi, endilikda bitta ko‘pligi aniqlangan. 

Bolalar jasadlari orasida biri homila qoldig‘idir. Yana bir ikki, uchinchisi 7 yoshli bolaga tegishli. Jasadlar shaxsini aniqlash jarayoni bir necha oyga cho‘zilishi mumkinligi aytilmoqda.