Light | 14:48 / 15.07.2015
4941
2 daqiqa o‘qiladi

15 iyul kuni Toshkentdagi 8ta masjidda Qur'on xatmonalari o‘tkaziladi

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Masjidlar bo‘limining xabar qilishicha, 15 iyul kuni Toshkentdagi 8ta masjidda xatmi Qur'on yakunlanishi rejalashtirilgan.

Uchtepa tumanidagi “Muhammad Umar o‘g‘li Zokir” jome masjidi, imom-xatib Xudoyberdi Saidov, xatmonada Xudoyberdi qori Saidov;

Uchtepa tumanidagi “Abu Hurayra” jome masjidi, imom-xatib Boykenja Nodirov, xatmonada Jasurbek Qulboyev;

Shayxontohur tumanidagi “Xoja Ahror Valiy” jome masjidi, imom-xatib Anvar Tursunov, xatmonada o‘tadigan Maxsudjon qori G‘oyibov va Muhammad Karimxon qori Ahrorov;

Shayxontohur tumanidagi “Firdavs” jome masjidi, imom-xatib Baxtiyor Sattorov, xatmonada Sirojiddin qori Bekxodjayev;

Yunusobod tumanidagi “Muhammad Nosir hoji” jome masjidi, imom-xatib Hamid Ishmatbekov, xatmonada Muhammadbobur qori Muhiddinov;

Olmazor tumanidagi “Safaboy ota” jome masjidi, imom-xatib Elmurod Xolmurzayev, xatmonada Muhammadamin qori Madumarov;

Mirzo Ulug‘bek tumanidagi “Mulla Qosim” jome masjidi, imom-xatib Aliakbar Sayfuddinovich, xatmonada Shahobiddin qori Usmonov va Abdurashid qori Yunusov;

Yunusobod tumanidagi “Kulol-qo‘rg‘on” jome masjidi, imom-xatib Abdurasul Abdullayev, xatmonada Mutallibxon qori Boymirzayev.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish