Sport | 15:40 / 29.04.2018
4231
1 daqiqa o‘qiladi

Shohrux Gadoyev o‘z goli bilan jamoasiga g‘alaba keltirdi

Foto: Facebook/DCFC

Janubiy Koreyaning «Tejon Sitizen» jamoasida to‘p surayotgan Shohrux Gadoyev navbatdagi turda jamoasining muhim gollaridan biriga mualliflik qildi.

«Suvon Siti» mehmoni bo‘lgan tejonliklar uchrashuvda muhim g‘alabani qo‘lga kiritdi — 2:1. Uchrashuvning 49-daqiqasida Park In Hyok hisobni ochgan bo‘lsa, 54-daqiqada Shohrux Gadoyev hisobdagi farqni ikkita oshirdi. So‘nggi daqiqada mezbonlarning braziliyalik legioneri Alvesh farqni bittaga qisqartira oldi, xolos.

Ushbu g‘alabadan keyin «Tejon» ochkolari sonini 10taga yetkazib oldi va Key-2 liganing xavfli zonasidan 7-o‘ringacha ko‘tarilishga muvaffaq bo‘ldi. «Suvon» esa 9 ochko bilan 9-o‘ringa (jami 10ta jamoa) tushib ketdi.

Janubiy Koreya Key-2 ligasi

Suvon Siti - Tejon Sitizen 1:2 (0:0)
Gollar
: Alvesh (90) - Park In Hyok (49), Shohrux Gadoyev (54).

Сардор Юсупов
Tayyorlagan Сардор Юсупов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid