O‘zbekiston | 17:45 / 15.05.2024
32853
1 daqiqa o‘qiladi

Samarqandda kotlovan noto‘g‘ri qazilishi oqibatida qo‘shni uy qulab tushdi

Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligiga ko‘ra, noturar joy qurilishi uchun xandaq qazish jarayonida noto‘g‘ri yo‘l tutilgan. Buning oqibatida esa qo‘shni uyga zarar yetgan.

Samarqand viloyatining Juma shahrida kotlovan noto‘g‘ri qazilishi oqibatida qurilish obektiga tutash bo‘lgan uy qulab tushdi. Holat yuzasidan Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi rasmiy munosabat bildirdi.

Dastlabki ma’lumotga ko‘ra, mazkur obekt viloyatning Past Darg‘om tumani “Samarqand” MFY Samarqand ko‘chasida joylashgan noturar joy hisoblanadi. Haqiqatan ham xandaq qazish jarayonida noto‘g‘ri yo‘l tutilgani bois qo‘shni uyga zarar yetgan.

Vazirlik holatga doir qo‘shimcha ma’lumotlar o‘rganishlardan so‘ng ma’lum qilinishini bildirdi.

Past Darg‘om tumani hokimligiga ko‘ra, voqea natijasida jarohat olganlar yo‘q. Hozirda holat yuzasidan tegishli tartibda surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Mavzuga oid