O‘zbekiston | 10:54 / 22.07.2015
5588
1 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekiston milliy avtomagistralining qurilishi 2019 yili tugallanadi

O‘zbekiston milliy avtomagistralining qurilishi 2019 yilga qadar to‘la tugallanadi. Natijada Andijondan Qo‘ng‘irotgacha, Samarqanddan Termizgacha bo‘lgan barcha avtomobil yo‘llari to‘laligicha xalqaro standartlarga javob beradigan holga keltiriladi. Mamlakatning bir burchagidan ikkinchisiga qadar bo‘lgan yo‘l 10-12 soat vaqt oladi.
“O‘zbekiston” axborot agentligining ma'lum qilishicha, ushbu yo‘l investitsion iqlimning yaxshilanishiga, eksport-import va tranzit salohiyatini oshirishga, turizmning rivojlanishiga hissa qo‘shadi.
O‘zbekiston milliy avtomagistrali 2 755 km uzunlikka ega bo‘lib, chet elga chiqadigan 4 yo‘nalishga ega: shimoli-g‘arbda Beynov orqali, janubi-g‘arbda Olot orqali, janubda Termiz va sharqda Andijon orqali.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish