Texnologiya | 11:29 / 22.07.2015
5138
2 daqiqa o‘qiladi

Elephone P6000 Pro 120 dollarga 8 yadroli protsessorga ega va 4G ni qo‘llab-quvvatlovchi smartfon taklif etadi

Elephone kompaniyasi 25 iyuldan Android 5.1 Lollipop operatsion tizimida ishlaydigan P6000 Pro smartfonini sotuvga chiqaradi.

Qurilmada Mediatek MT6753 protsessori qo‘llangan. Bu chip 1,5 GGts takt chastotasida ishlovchi ARM Cortex-A53 arxitekturasiga ega 8 ta hisoblash yadrosidan tashkil topgan. Grafik tizimga ARM Mali-T720 kontrollyori javob beradi.

Yangi smartfon 2 va 3 Gb tezkor xotiraga ega modifikatsiyalarda taklif qilinadi. Smartfonning flesh-xotirasi 16 Gb ni tashkil qiladi, xotirani 128 Gb gacha oshirishga imkon beruvchi microSD-kartasi uchun slot mavjud.

Smartfon 5-dyuymli 1280 × 720 nuqta ko‘rsatish qobiliyatiga ega displey bilan jihozlangan. Smartfon 2 va 13 Mp li kameralar, Wi-Fi 802.11n va Bluetooth 4.0 simiz aloqa adapterlari, GPS yo‘ldoshli navigatsiya tizimi qabul qilgichi hamda standart to‘plamdagi datchiklarga ega.

Smartfon mijoz tomon 150 Mbit/soniya tezlik bilan ma'lumotlarni uzatuvchi LTE Cat.4 4-avloddagi mobil tarmoqlar ishini qo‘llab-quvvatlaydi. Smartfon 2700 mA•soat hajmga ega akkumulyator batareyalaridan quvvatlandi. Smartfonning o‘lchamlari 144,5 × 71,6 × 8,9 mm ni, og‘irligi 165 grammni tashkil qiladi.

Elephone P6000 Pro smartfonini 120 dollarga sotib olish mumkin.