Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
“Yura davri olami” eng kassabop filmlar ro‘yxatida 3-o‘rinni egalladi
Universal va Amblin Entertainment studiyalari ishlagan “Yura davri olami” filmi dunyo prokatida 1,522 mlrd dollar ishladi. Bu haqda The Hollywood Reporter xabar bermoqda.
Shu tariqa, zamonaviy olamdagi dinozavrlar haqida ishlangan film dunyo kinomatografiyasidagi eng kassabop kartinalar ro‘yxatida 3-o‘rinni egalladi. Undan yuqori o‘rinlarda 2,788 mlrd to‘plagan “Avatar” hamda 2,186 mlrd dollar jamlagan “Titanik” filmi bormoqda.
Kolin Trevorrouning “Yura davri olami” filmi Kanada va AQShda 614,3 mln dollar to‘pladi hamda ushbu joyda kassasi 600 mln dollardan oshgan to‘rtinchi kartina bo‘ldi.