Texnologiya | 11:37 / 24.07.2015
4548
1 daqiqa o‘qiladi

“EVO” internet provayderi O‘zbekistonda LTE texnologiyasini taqdim etadi

“EVO” simsiz internet provayderi joriy yilning 29 iyul kuni O‘zbekistonda 4-avlod tarmog‘i LTE’ni rasmiy ishga tushirish marosimini o‘tkazadi.

Tadbir vaqtida “EVO” vakillari prezentatsiya o‘tkazadi hamda kompaniyaning O‘zbekistondagi rejalari haqida ma'lumot beradi. Marosimga rasmiy vakillar hamda “EVO” (Janubiy Koreya) kompaniyasining ta'sischilari tashrif buyuradi.

Bundan tashqari, yangi tarmoqni ishga tushirish doirasida homiy hamda mijozlarga faxriy yorliqlar topshiriladi.

Bugungi kunda 4G LTE texnologiyasi Toshkent shahridagi mijozlar uchun mavjud bo‘lib, 2016 yilgacha Samarqand, Buxoro hamda Farg‘onaning yirik shaharlarida ham ishga tushiriladi.

EVO 4G LTE tarmog‘idagi tezlik 100 MB/soniyani tashkil etadi.