Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Jahon | 12:04 / 10.06.2016
4632
1 daqiqa o‘qiladi
Kolumbiyadagi ko‘chki oqibatida 30 kishi izsiz yo‘qoldi
Kolumbiyada yuz bergan ko‘chki oqibatida kamida besh nafar kishi halok bo‘ldi, 30 ga yaqini esa izsiz yo‘qoldi, deya xabar bermoqda mahalliy OAV.
Ma'lum bo‘lishicha, voqea 9 iyul oqshomida, Kibdo va Medelin shaharlarini bog‘lab turuvchi yo‘lda sodir bo‘lgan. Avvaliga og‘ir yuk mashinalari yo‘lda ta'mirlash ishlarini olib borishayotgan bo‘lgan. Ana shundan so‘ng ko‘chki sodir bo‘lgan.
G‘oyib bo‘lganlar o‘z avtomobillarida ta'mirlash ishlarini kutayotgan odamlar ekanligi aytilmoqda. Hodisa joyida qutqaruvchilar ish olib bormoqda.