Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Jahon | 13:05 / 21.05.2015
4829
1 daqiqa o‘qiladi
Tojikistonda ming yoshli xumdon topildi
Tojikistonning Tursunzoda shahri yaqinidagi Qambar qishlog‘idan arxeologlar tomonidan ming yoshdagi xumdon aniqlandi. Tojikiston madaniyat vazirligining xabar berishicha, unda sopol idishlar pishirilgan.
Aytilishicha, bu qadar to‘la va yaxshi saqlangan xumdon birinchi marta topilishi. Dastlabki o‘rganish natijalariga ko‘ra, xumdon IX-X asrlarga oid.