Sport | 14:08 / 26.05.2015
3037
4 daqiqa o‘qiladi

“Barselona” – La-liga chempionlik yo‘li

Ispaniya chempionatining 37-turida safarda amaldagi chempion “Atletiko Madrid” maydoniga safar qilgan “Barselona” kichik 0:1 hisobidagi g‘alabaga erishdi. 

Bu g‘alaba “kataloniyaliklar” uchun 2014/2015 yildagi La-ligada muddatdan oldin chempionlikni qo‘lga kiritish imkonini berdi.

Uchrashuvdagi yagona golni Messi kiritdi. 

So‘nggi turda “Barselona” o‘z uyida “Deportivo”ni qabul qildi. “Deportivo” “Barselona”ni chempionlik yo‘lkasida kutib oldi.

 

Uchrashuv 2:2 hisobdagi natija bilan yakunlandi. Chempionlar safidagi 2 golni ham Lionel Messi kiritdi. 

Bu klubning Ispaniya chempionatidagi 23-chempionligi bo‘ldi. 

 

Ushbu uchrashuvda 2014 yilning yozida "Arsenal"dan sotib olingan Tomas Vermalen debyut qildi. 

Joriy mavsumdan so‘ng o‘z faoliyatini Qatar chempionatida davom ettirshini ma'lum qilgan Xavini "Nou Kamp"da muxlislar iliq kutib olishdi. 

Muxlislar stadionga "Rahmat Xavi. 17ta mavsum. 1998-2015" yozuvlari bitilgan bannerlarda tashrif buyurishdi.

Ispaniyalik futbolchi "kataloniyaliklar" tarkibida 17ta mavsumni o‘tkazgan. 

Xavi uchrashuvning so‘nggi daqiqalarida maydonni tark etdi. Uning jamoaning ikkinchi sardori Andres Inesta o‘yinni davom ettirdi. Bu ikki yarim himoyachi so‘nggi 10 yillikning eng kuchli juftligi deyishga arzirli. 

Futbolchiga murabbiy hamda klubning boshqa a'zolari minnatdorchilik bildirdi. 

O‘yin yakunlach, jamoa sardorini ko‘kka otib qutlashdi.

Uchrashuvdan so‘ng Xavi muxlislar bilan xayrlashuv so‘zini aytdi:

"Barchasi uchun sizlarga katta rahmat. Men bugun dunyodagi eng baxtli insonman. Men bu yerda 17 yil to‘p surdim. Bu dunyoning eng yaxshi klubi. Bizga yana ikki kubok - Ispaniya kubogi hamda Chempionlar ligasi kubogi zarur. Chempionlar ligasidagi g‘alabani shu yerda, "Nou Kamp"da sizlar bilan birga nishonlaymiz.

Oilamga, turmush o‘rtog‘imga, do‘stlarimga, shuningdek, bugun "Nou Kamp"ga tashrif buyurgan barchaga cheksiz minnatdorchiligimni bildiraman".

Xavi jamoaning Ispaniya chempionatidagi 23-kubogini boshi uzra baland ko‘tardi. 

Jamoaning yosh futbolchilari o‘z sardorlari bilan esdalik uchun suratga tushishdi.

Klubning braziliyalik o‘yinchilari g‘oliblikni o‘zlari xos usulda nishonlashmoqda.  

Jamoa darvozabonlari chempionlikni nishonlashmoqda. 

"Barselona" tarkibida ilk mavsumini o‘tkazgan o‘yinchilar: Rakitich hamda Suares. 

Jamoa to‘purari Lionel Messi o‘g‘li Tyago bilan birga.

Ma'lumot uchun, "Barselona" joriy mavsumda La-ligada 38ta uchrashuvda 30ta g‘alaba, 4ta durang hamda 4ta mag‘lubiyatga uchrab, 94 ochko to‘plashga muvaffaq bo‘ldi. 

Klub bu mavsumda yana ikki kubokni qo‘lga kiritishi mumkin. Ular Qirol kubogida "Atletik Bilbao" bilan to‘qnash kelsa, Chempionlar ligasida "Yuventus" bilan kuch sinashadi.