Sport | 09:14 / 08.06.2015
2296
1 daqiqa o‘qiladi

Vavrinka “Rolan Garros” turnirida g‘olib bo‘ldi

Fransiya poytaxti Parij shahrida tennis bo‘yicha “Katta Dubulg‘a” turkumiga kiruvchi “Rolan Garros” turniri yakunlandi. Ikki hafta davom etgan Fransiya Ochiq chempionatida Sten Vavrinka bosh mukofotni qo‘lga kiritdi.

Mukofot jamg‘armasi 28 mln yevroni tashkil etuvchi musobaqaning hal qiluvchi final uchrashuvida shveysariyalik tennischi serbiyalik Novak Jokovichni 4:6, 6:4, 6:3, 6:4 hisobida taslim etdi.

Uch soatu 15 daqiqa davom etgan uchrashuvda Sten 9ta eys zarbasini amalga oshirdi. “Rolan Garros”dagi g‘alaba Vavrinkaga 1 million 800 ming dollar mukofot puli hamda 2000 reyting ochkosini taqdim etdi.