Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Jahon | 21:02 / 14.06.2015
3790
1 daqiqa o‘qiladi
JAR sudi Sudan prezidentiga mamlakatni tark etishni man qilib qo‘ydi
Janubiy Afrika Respublikasi sudi Sudan prezidenti Umar al-Bashirga mamlakat hududini tark etishni vaqtinchalik man qilib qo‘ydi, deb xabar bermoqda Associated Press axborot agentligi.
Sud Janubiy Afrika sud taftishlari markazining shoshilinch arizasidan keyin shunday qaror qabul qildi.
Umar al-Bashir JARga Afrika ittifoqi sammitida ishtirok etish uchun kelgan edi.
Avvalroq xalqaro sud JAR hukumatini Sudan prezidentini hibsga olishga chaqirgan edi.