Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Jahon | 18:27 / 26.06.2015
3026
1 daqiqa o‘qiladi
Tunis IIV mehmonxonalarda sayyohlarning o‘ldirilishini terrorchilik hujumi deb baholadi
26 iyun kuni Tunisning O‘rta Yer dengizi sohili bo‘yidagi Sus shahrida joylashgan Riu Imperial Marhaba va Mouradi Palm Marina nomli beshyulduzli mehmonxonalarda sayyohlarning o‘ldirilishi Tunis ichki ishlar vazirligi tomonidan terroristik hujum deb baholandi. Bu haqda RIA Novosti xabar berdi.
Oxirgi ma'lumotlarga ko‘ra, 27 kishi halok bo‘lgani, ularning aksari xorijlik sayyohlar ekani aytilmoqda.
Shuningdek, rossiyalik va boshqa ko‘plab xorijlik sayyohlar garovga olingan.