Iqtisodiyot | 18:59 / 27.06.2015
14038
4 daqiqa o‘qiladi

McDonald’s haqida siz bilmagan 21 fakt

Jahonga mashhur  McDonald’s tezkor ovqatlanish tarmog‘i bu yil o‘z yubileyini nishonlaydi: uning tashkil topganiga roppa-rosa 75 yil to‘ldi. Bugungi kunda ushbu amerika korporatsiyasi butun dunyo bo‘ylab restoranlar, ulkan hajmdagi pul aylanmasi va shon-shuhratga ega. “Tezkor ovqatlanish salomatlik uchun ziyon va semirishga olib keladi”, deya hisoblansa-da, McDonald’s restoranlari gamburger, fri kartoshkasi va boshqa taomlardan tatib ko‘rish istagida tashrif buyuruvchilar bilan doimo tirband.

1. McDonald’s taomnomasida ilgarilari birinchi o‘rinda xot-doglar turgan, gamburgerlar emas.

2. Har sakkizinchi amerikalikdan biri qachonlardir McDonald’s tarmog‘ida mehnat qilgan.

3. McDonald’s dagi "Tsezar" salati gamburgerdan ko‘ra kaloriyaliroq hisoblanadi.

4. McDonald’s tarmog‘i har kuni dunyo bo‘ylab 68 mln. kishini boqadi. Bu Buyuk Britaniya aholisidan ham ko‘p.

5. McDonald’s ning kunlik daromadi 75 mln. dollarni tashkil etadi.

6. McDonald’s logotipi xochdan ko‘ra ko‘proq tarqalgan.

7. "Big-Mak" turli mamlakatlardagi aholining xarid quvvatini solishtirish uchun iqtisodiy ko‘rsatkich sifatida anchadan beri foydalaniladi.

8. McDonald’s korporatsiyasi o‘yinchoqlarning eng yirik distribyutori hisoblanadi.

9. McDonald’s tarmog‘i restoranlaridan biriga Buyuk Britaniya qirolichasi egalik qiladi: ushbu restoran Bukingem saroyida joylashgan.

10. 2005 yili  Ronald Makdonald ism-sharifli shaxs Wendy’s tezkor ovqatlanish restoranida talonchilikni amalga oshirgan.

11. Qanchalik ajablanarli bo‘lmasin, McDonald’s eng yirik restoranlar tarmog‘i emas: bu boradagi yetakchilik Subway kompaniyasiga tegishli.

12. “Bik-Mak” xarid qilish uchun Hindistonda bu mamlakatning o‘rtamiyona fuqarosi olti soat ishlashi kerak bo‘ladi.

13. Ko‘pchilikning xabari yo‘q, ammo o‘tgan asrning 70-yillarida McDonald’s da pitssa ham buyurtma berish mumkin edi.

14. Yaponiyada Ronald Makdonaldni yapon tilida aniq “r” tovushi bo‘lmagani uchun Donald Makdonald deb atashadi.

15. McDonald’s ning oddiy xodimi ushbu korporatsiya bosh direktori bir soat davomida oladigan mablag‘ni ishlab topishi uchun 7 oy kerak bo‘ladi.

16. McDonald’s ning korporativ saytida korporatsiya xodimlariga tezkor ovqatlanish mahsulotlaridan tiyilish tavsiya etiladi.

17. 80 mingdan ziyod kishi McDonald’s korporatsiyasining Gamburger Universitetida gamburgershunoslik bakalavri dilomini olishgan.

18. “Big-Mak”, fri katoshkasi va katta “Kola” iste'mol qilishdan so‘ng paydo bo‘ladigan barcha kaloriyalarni yo‘qotish uchun kamida 7 soat to‘xtamay piyoda yurish kerak.

19. McDonald’s korporatsiyasi har 14,5 soatda yangi restoran ochadi.

20. McDonald’s ning ichki korporativ qoidalari ot minib kelganlarga McDrive oynasi orqali xizmat ko‘rsatishni ta'qiqlaydi.

21. Arizona shtatidagi Sedon shahrida McDonald’s ning yagona feruza rangli logotipga ega restorani faoliyat ko‘rsatadi.

Manba: Xabardor.uz internet nashri