Fan-texnika | 17:22 / 30.06.2015
37407
4 daqiqa o‘qiladi

Telegram’dan foydalanuvchilar uchun 8 maslahat

Messenjerlar bugungi kunda oddiy SMS-xabarlarning o‘rnini to‘liq egallab bo‘ldi. Ular tezkorlik, ko‘p funksionallik hamda boshqa turli xil qulayliklarga ega. Messenjerlar orasida Whatsapp hamda Telegram boshqalariga nisbatan ancha ommabop hisoblanadi. Bugun Telegram messenjeridan foydalanuvchilar uchun 8 ta kerakli maslatlarni beramiz. Marhamat. 


Tez-tez maxfiy chatlar yaratib turing


Maxfiy chatlar (Secret Chats) nafaqat o‘zi o‘chib ketadigan xabarlar hamda yuqori xavfsizlikni, balki bir nechta inson gaplashish imkonini ham beradi. Maxfiy chatlar Telegram bazasida saqlanmaydi va o‘z akkauntingizdan chiqib (Log out) ketishingiz bilan ular ham o‘chib ketadi.


Javoblar, eslatmalar hamda xeshteglarni belgilang


Uzoq davom etadigan suhbatlar hamda guruhlarda chalg‘ib qolish hech gap emas. Shu sababdan ularni tarkiblash, ya'ni javob yozish uchun kerakli xabarni belgilab, Reply bosilgach, @ belgisi orqali kerakli insonlarni belgilash, shuningdek, turli xil mazmundagi xabarlarni # belgisi orqali xeshteglardan foydalanib, xabarlarni topishni osonlashtirish mumkin.


Telegram’da foydalanuvchi ismini ro‘yxatdan o‘tkazing


Telefon raqamingizni bilmaydigan foydalanuvchilar sizni ismingiz orqali topishlari mumkin. Shuningdek, siz o‘z akkauntingiz uchun telegram.me/[NIKNeYM] formatidagi url-manzil yaratishingiz mumkin. Bordiyu, siz xohlagan ism band bo‘lsa, qo‘llab-quvvatlash xizmatiga uni olib berishga yordamlashadi. Buning uchun siz 2 yoki 3 ta mashhur ijtimoiy tarmoqlarda shu nom bilan ro‘yxatdan o‘tgan bo‘lishingiz kerak.


So‘nggi marotaba onlayn bo‘lgan vaqtingizni begonalardan berkitib qo‘ying


Sozlamalar ichida Settings — Privacy and Security — Last Seen bo‘yicha kirib, My Contacts’ni tanlang va siz tashrif buyurgan vaqt faqatgina do‘stlaringiz uchun ko‘rinadi. (bundan tashqari, Nobody’ni ham tanlash orqali so‘nggi tashrif vaqtini barchadan berkitish mumkin. )


O‘z akkauntingiz xavfsizligini oshiring


Telefon raqami yordamida avtorizatsiya qilish ham ishonchli bo‘lsa-da, doimo eng yaxshi usuldan foydalangan ma'qul.  Buning uchun Privacy and Security menyusida ikkitomonlama autentifikatsiyani qo‘shimcha parolni orqali yoqish, uni tiklashni esa elektron pochta orqali belgilash kerak bo‘ladi. Shu bo‘limning o‘zida ilovani raqamli parol bilan himoyalash imkoni ham mavjud.

Manba: Xabardor.uz internet nashri


Ilovaning kesh xotirasini to‘ldirib yubormang


Messenjer orqali olinadigan surat, video, audio hamda boshqa fayllar doim ham kerak bo‘lavermaydi. Shu sababdan ularni telefon xotirasida saqlash shart emas. Keshni tozalash uchun Chat Settings — Cache Settings bo‘limiga kirib, bir haftadan ortiq muddat ichida foydalanilmagan fayllar avtomatik tarzda o‘chirib yuborilishini belgilang.


Boshqa foydalanuvchilarda bor stikerlar to‘plamini qo‘shing


Telegram messenjerida stikerlar soni juda ko‘p. Biroq ilovaning o‘zidan ularni qidirish imkoni mavjud emas. Agar sizga suhbatlashish jarayonida ko‘rgan stiker manzur kelgan bo‘lsa, uni bosish hamda Info > Add Stickers qilib belgilash orqali shu to‘plamdagi barcha stikerlarni o‘zingizga ko‘chirib olishingiz mumkin bo‘ladi.


Suhbatda botlarni qo‘shing


Yaqinda Telegram messenjerida botlar yaratish imkoni mavjud bo‘lgan to‘laqonli platforma yaratildi. Endi oddiy chat-botlardan tashqari oddiy hamda GIF-suratlar va video qidirish imkonini beruvchi, shuningdek, turli mavzulardan so‘rovlar o‘tkazish va ob-havo ma'lumotini bilib beruvchi botlar ham mavjud.