Tunisning Susi kurort shahrida sayyohlarni otib tashlagan 23 yoshli mahalliy talabaning o‘zi ham sayyohlik sohasida ishlagani ma'lum bo‘ldi, deb xabar bermoqda France24 telekanali.
Tergov ma'lumotlariga ko‘ra, u raqs klubida ishlagan va animatsiya (ko‘ngilochar tadbirlar o‘tkazish) bilan shug‘ullangan.
Avvalroq Tunis tarixidagi eng yirik terakt sodir etilgan Susi viloyatining vaziri iste'foga chiqarilgani ma'lum qilingandi.