Jahon | 16:04 / 10.07.2015
2526
1 daqiqa o‘qiladi

Rahmon ShHT yetakchilarini 2017-2022 yillarga mo‘ljallangan aksilgiyohvandlik strategiyasini qabul qilishga chaqirdi

Tojikiston prezidenti Imomali Rahmon Shanxay hamkorlik tashkilotiga a'zo davlatlar rahbarlarini 2017-2022 yillarga mo‘ljallangan aksilgiyohvandlik strategiyasini qabul qilishga chaqirdi. Bu haqda TASS agentligi xabar bermoqda.
Tojikiston yetakchisining aytishicha, tashkilot tarkibidagi hech bir davlat yolg‘iz o‘zi global xarakterdagi dolzarb muammolarni bartaraf qila olmaydi.
“Joriy yilning may oyida Dushanbeda bo‘lib o‘tgan giyohvandlik tahdidi muammolariga bag‘ishlangan xalqaro konferensiya ishtirokchilari buni tasdiqladi”, – dedi Imomali Rahmon.
Uning fikricha, konferensiya yakunlari ShHT davlatlarining 2017-2022 yillarga mo‘ljallangan aksilgiyohvandlik strategiyasiga asos bo‘lib xizmat qilishi mumkin.