Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Jahon | 18:19 / 13.07.2015
3717
1 daqiqa o‘qiladi
Vladimir Putin IIV shtatini 10 foizga qisqartirish haqida farmon imzoladi
Rossiya prezidenti Vladimir Putin IIV shtatini 10 foizga qisqartirish haqida farmon imzoladi. Bu haqda rasmiy huquqiy axborot portalida xabar berildi.
Bugungi kunga qadar idora shtati 1.113 mln kishidan iborat edi. Farmonga ko‘ra, endi idora 1 003 172 shtatni o‘z ichiga oladi. Shu jumladan, ularning 835 825 nafari boshqarmalarda va bosh idorada, 5 123 nafari federal davlat oddiy fuqaro xizmatchilardir. Ishchilar soni 162 224 kishi qilib belgilandi.