Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Jamiyat | 08:52 / 16.08.2015
3378
1 daqiqa o‘qiladi
Indiana yo‘llariga oltingugurt dioksidi to‘kilib ketdi
AQShning Indiana shtatida joylashgan Terre-Xot shahrida zaharli qo‘shilma – oltingugurt dioksidi to‘kilib ketdi. Bu haqda WTHITV 10 kanali xabar berdi.
Voqea sodir bo‘lgan hududda istiqomat qiluvchi aholi vakillaridan 20 kishi zaharlanib, shifoxonaga yotqizildi.
Ilgariroq bu voqea haqidagi axborot mahalliy o‘t o‘chirish xizmati tomonidan inkor qilingan edi.