Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston maxsus xizmatlari Qozog‘istonga olib o‘tilayotgan 50 kg geroinni to‘xtatib qolishdi
O‘zbekiston Milliy xavfsizlik xizmati xodimlari respublika hududi orqali Tojikistondan Qozog‘istonga olib o‘tilayotgan giyohvand moddalar kontrabandasini to‘xtatib qolishdi.
Respublika MXX matbuot xizmatining xabar qilishicha, Samarqand viloyatidagi postlardan birida Toshkentga yo‘l olgan elektr uskunalar ortilgan avtomobil ko‘zdan kechirildi.
Avtomobilni tekshirish jarayonida kuzovdagi yuklar ostida vazni 20 kg bo‘lgan 20 o‘ram geroin joylashtirilgan sport sumkasi aniqlangan.
Qo‘lga olingan yuk avtomobili haydovchisining ko‘rsatmalari asosida olib borilgan tezkor operativ qidiruv choralari natijasida Samarqand viloyatining Urgut tumani hududidagi Tojikiston chegarasiga yaqin uylarning birida molxonaga yashirib qo‘yilgan giyohvand moddalarning yana bir katta partiyasi aniqlandi. Tsellofan o‘ramlarda 30 kilogramm geroin topildi.
Qo‘lga olingan shaxsning so‘zlariga ko‘ra, giyohvand moddalar Dushanbe shahrida yashovchi tojikistonlik narkovositachilardan olingan bo‘lib, Toshkent shahriga ikki bo‘lgan holda yetkazishni rejalashtirgan. Vazni 50 kg bo‘lgan barcha giyohvand moddalar qishloq xo‘jaligi mahsulotlari bilan birga Qozog‘istonning Karaganda shahriga yo‘naltirilishi lozim bo‘lgan.
Mazkur ma'lumotlar yuzasidan jinoiy ish qo‘zg‘atilgan bo‘lib, transchegaraviy narkoto‘daning boshqa a'zolarini qo‘lga olish yuzasidan tergov-qidiruv ishlari olib borilmoqda.