Sport | 06:13 / 29.08.2015
3291
1 daqiqa o‘qiladi
“Borussiya”ning arman futbolchisi Yevropa ligasining Ozarbayjondagi uchrashuvini Tog‘li Qorabog‘ga tashrifi sabab o‘tkazib yuborishi mumkin
Dortmundning “Borussiya” klubida to‘p suruvchi armanistonlik yarimhimoyachi Genrix Mxitaryan Yevropa ligasining Ozarbayjonning “Gabala” klubiga qarshi Bokudagi uchrashuvini o‘tkazib yuborishi mumkin, deb ma'lum qildi Azerisport nashri.
22 oktabrda Bokuda mahalliy “Gabala” va “Borussiya” o‘rtasidagi uchrashuvda futbolchining ishtirok etmasligi mumkinligiga uning 2011 yilda Tog‘li Qorabog‘ga tashrifi sabab bo‘lmoqda.
Manba ma'lumotlariga ko‘ra, Mxitaryan Bokuda Ozarbayjon jinoyat kodeksining Ozarbayjon chegarasini noqonuniy kesib o‘tish moddasi bo‘yicha hibsga olinishi mumkin.
Ma'lumot uchun, “Gabala” va “Borussiya” Yevropa Ligasi guruh bosqichining S guruhida “Krasnodar” va “PAOK” klublari bilan keyingi bosqichga chiqish uchun kurashadilar.