Jahon | 13:21 / 02.09.2015
3384
1 daqiqa o‘qiladi

Yevropa Ittifoqi Rossiyaga qarshi sanksiyalarni 2016 yil martigacha uzaytirishi mumkin

Yevropa Ittifoqi Rossiya va Donbass vakillariga qarshi sanksiyalarni 2016 yil 15 martgacha uzaytirishi mumkin. Bu haqda The Wall Street Journal ma'lum qilmoqda.

Qayd etilishicha, deyarli 200 nafar rossiyalik va ukrainalik jismoniy yuridik shaxslarga kiritilgan sanksiyalar Moskvaga bosimni davom ettirish maqsadida davom ettirilishi mumkin.

Qaror sentabr oylarining o‘rtalarida qabul qilinadi, chunki avval kiritilgan sanksiyalar muddati 2015 yilning 15 sentabrida nihoyasiga yetadi.