Jamiyat | 14:29 / 02.09.2015
3413
1 daqiqa o‘qiladi

Farg‘onalik amakivachchalar Toshkent shahrida kirakashlarni tunash bilan shug‘ullanib kelishayotgani aniqlandi

Toshkent shahar IIBB xodimlari Farg‘ona viloyatidan poytaxtga kelib, kirakashlarni tunash bilan shug‘ullanib kelayotgan Anvar va Javohir ismli amakivachchalarni fosh qildi. Bu haqda “Postda” nashri yozmoqda.

Aytilishicha, amakivachchalar ikki kishi bo‘lib mashina to‘xtatib, aeroportgacha gaplashishgan. Ulardan biri haydovchini chalg‘itib turgan paytda boshqasi uning qimmatbaho telefonini o‘g‘irlagan. Shu yo‘l bilan ular ikkita haydovchining telefonlarini o‘g‘irlashga ulgurgan.

Ketma-ket sodir etilgan bir xil usuldagi ikkita jinoyat Yakkasaroy IIB xodimlari tomonidan fosh etildi. Hozirlikda voqea yuzasidan tergov harakatlari amalga oshirilmoqda.