O‘zbekiston AQShga “IShID” bilan kurashda yordam bermaydi
Ekspertlarning fikricha, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov O‘zbekiston mustaqilligining 24 yilligi munosabati bilan so‘zlagan nutqi O‘zbekistonning “IShID” terrorchilik guruhiga qarshi koalitsiyasiga kirishni rad etishini bildiradi.
“O‘zbekiston hech qanday harbiy-siyosiy blokka qo‘shilmaydi, o‘z hududida chet el harbiy bazalarining joylashtirilishiga, harbiy xizmatchilarimizning mamlakatimiz tashqarisida bo‘lishiga mutlaqo yo‘l qo‘ymaydi. O‘zbekiston davlatining qonuni darajasiga ko‘tarilgan bu tamoyillarni, ayni shunday chuqur o‘ylangan yo‘lni, shunday siyosatni biz uchun eng to‘g‘ri, eng ma'qul deb bilamiz va bu yo‘ldan hech qachon qaytmaymiz”, deb aytdi o‘z nutqida Islom Karimov.
Ekspertlarning fikricha, bu Karimovning Vashingtonning O‘zbekistonga “IShID” bilan kurash olib borayotgan xalqaro koalitsiyaga kirishi bo‘yicha bildirgan taklifiga javobi bo‘ldi.
Shu jumladan, Islom Karimov O‘zbekistonning birinchi darajali vazifalari qatorida yaqin va uzoq qo‘shnilar bilan til topishib, o‘zaro do‘stona munosabatlar, mintaqada hamkorlik va hamjihatlikni yanada kuchaytirishni aytdi.
Bu orada Tojikiston prezidenti Emomali Rahmon AQShning Tojikistonga bildirgan xuddi shunday taklifiga izoh bermaslikni afzal qo‘rdi.
Ekspertlarning fikricha, amerikaliklarga haqiqatan ham “IShID”ning kengayishiga, shu jumladan Markaziy Osiyoda kurashiga qarshi o‘zaro hamjihatlik zarur, chunki Afg‘onistondagi vaziyat xavf ostida qolmoqda. Afg‘oniston bilan chegaradosh bo‘lgan O‘zbekiston va Tojikiston davlatlari bu radikallarga qarshi kurashda yordam berishi mumkin.