O‘zbekiston | 20:53 / 04.09.2015
2901
1 daqiqa o‘qiladi

“Mahalla” fondi 32 ming oilaviy nizoga barham berdi

“Mahalla” xayriya jamoat fondi hisobidan joriy yilda 520 nafar urush va mehnat fronti faxriylariga televizor, qariyb 6 ming nafar kekslarga kiyim-kechak berildi. 1 200 nafarga yaqin yolg‘iz keksalarning uy-joylarini ta'mirlash uchun moddiy yordam ko‘rsatildi.

Bu haqda fondning “Mustaqillik yillarida mahalla instituti: tajriba, amaliyot va ustuvor vazifalar” mavzusida o‘tkazilgan matbuot anjumanida ma'lum qilindi.

Aytilishicha, fondning hududiy tuzilmalari hamda fuqarolar yig‘inlari hududlarida 302 mingdan ziyod yangi ish o‘rinlari yaratishga, 41 mingdan ortiq tadbirkorlik sub'yektlarini tashkil etishga ko‘maklashildi.

Shuningdek, fond tomonidan 1.4 mln dan ortiq oilalarning ma'naviy muhiti o‘rganilib, 32 mingga yaqin oillarda turli nizoli holatlarga barham berildi.