Land Rover tirkamasi orqasidagi mashinalar va obektlarni ko‘rish texnologiyasini yaratdi
Yo‘lda harakatlanayotgan haydovchilar haqida g‘amxo‘rlik qilish tendensiyasi va yo‘lda umumiy xavfsizlikni yangi texnologiyalar yordamida oshirish darajasi o‘smoqda: borgan sari ko‘proq avtomobil ishlab chiqaruvchi kompaniyalar to‘ldirilgan reallikni o‘z modellarida qo‘llamoqdalar. O‘tgan yilning aprelida Land Rover Transparent Bonnet “shaffof” kapotini namoyish qilgan bo‘lsa, uning ortidan Samsung haydovchilarga oldinda harakatlanayotgan yuk mashinasi oldida nima ro‘y berayotganini ko‘rish imkonini beradigan texnologiyani taqdim qildi. Ayni paytda Land Rover o‘z avtomobillariga ulangan tirkamalarni “shaffof” qilishga qaror qildi va Transparent Trailer deb nomlangan yangi texnologiyani yaratdi. Bu texnologiya tom ma'noda treylerlar (tirkama) orqali uning ortidagi mashina va obektlarni ko‘rish imkonini beradi.
Buning uchun maxsus tugmani bosish yetarli va tirkama “shaffof” ko‘rinishga keladi.
Texnologiya quyidagicha ishlaydi: tirkamaning orqa qismidagi aylanma obzor kameralari va simsiz raqamli videokamera avtomobil va tirkama atrofida sodir bo‘layotgan barcha jarayonlarni suratga oladi va tasvirni real vaqt tartibida mashina salonidagi orqani ko‘rish oynasiga yoki multimedia tizimi ekraniga uzatadi. Bu ko‘rinmas hududlar ehtimolini deyarli istesno qiladi va haydovchiga trassadagi o‘rnini o‘zgartirishini bir necha marta osonlashtiradi. Bundan tashqari, avtopoyezd orqaga harakatlanayotganda shu tasvirga dinamik razmetka liniyalari tushiriladi va bu haydovchiga tirkama bilan orqaga yurishda aniq va ravshan harakatlanish imkonini beradi.
Bundan tashqari, Land Rover kompaniyasi Cargo Sense texnologiyasini sinovdan o‘tkazmoqda. Bu texnologiya tirkama ichida nima ro‘y berayotganini kuzatish ikonini beradi. Tizim haydovchining smartfoni bilan birgalikda ishlaydi va tirkama ichida yukning harakatlanishi va saqlanuvchanligini kuzatish imkonini beradi. Bu ayniqsa hayvonlarni tashishda juda ham muhim hisoblanadi.