Jahon | 09:29 / 04.09.2015
3409
1 daqiqa o‘qiladi

Ruscha “Zakovat” 40 yoshga to‘ldi

Bugun Rossiyaning mashhur “Kim? Nima? Qachon?” teleko‘rsatuvchi 40 yoshga to‘ldi.
Ko‘rsatuv Rossiya televideniyesi orqali 1975 yilning 4 sentabr kuni ilk bora namoyish etilgan edi.

O‘shanda u oilaviy viktorina hisoblanib, unda oilalar ishtirok etardi. Ko‘rsatuvning birinchi sonida Ivanovlar va Kuznetsovlar oilalari o‘zaro bahslashgan.
Keyinchalik ko‘rsatuv takomillashib borgan va oilaviy viktorinadan intellektual shouga aylangan.
Ko‘rsatuvning asoschisi Vladimir Voroshilov ayni paytda uning birinchi boshlovchisi ham bo‘lgan edi. U 2001 yilda vafot etgach, bilimdonlardan biri – Boris Kryuk uning o‘rnini egalladi.