O‘zbekiston | 19:56 / 04.09.2015
5651
1 daqiqa o‘qiladi

Toshkent viloyati “Mehribonlik” uyi va Guliston bolalar shaharchasi tarbiyalanuvchilari uchun Samarqand shahriga sayohat tashkillashtiriladi

“Sog‘lom avlod uchun” xalqaro xayriya fondi “O‘zbekiston temir yo‘llari” DATK hamda O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta'limi vazirliklari bilan hamkorlikda joriy yilning 5 sentabr kuni Toshkent viloyati “Mehribonlik” uyi va Guliston bolalar shaharchasining jami 50 nafar tarbiyalanuvchisi uchun tarixiy Samarqand shahriga bir kunlik (bepul) sayohat tashkillashtirildi. Bu haqda “Sog‘lom avlod uchun” xalqaro xayriya fondi matbuot xizmati ma'lum qildi.

Sayohat davomida bolajonlar Registon maydoni, Samarqand tarixi muzeyi, Go‘ri Amir maqbarasi bilan tanishadilar.

Ushbu tadbir bolajonlarning mamlakatimiz mustaqilligining yigirma to‘rt yilligi arafasida tashkil etilganligi, bolajonlarning Vatanga bo‘lgan muhabbat va milliy g‘urur tuyg‘usini shakllantirish, buyuk bobolarimizdan qolgan meroslarni asrab-avaylash kabi maqsadlarga erishishga turtki bo‘ladi.