Saudiya Arabistonining Makka shahri yaqinidagi Mino vodiysida yuzaga kelgan tiqilinchda halok bo‘lganlar soni 453 nafardan oshdi, jarohatlanganlar esa 719 nafarga yetdi. Bu haqda Saudiya Arabistoni fuqaro muhofazasi boshqarmasi o‘zining Twitter`dagi rasmiy mikroblogida xabar qildi.
Ziyoratchilarga dastlab shaytonga tosh otish amalini bajarish uchun maxsus jadval taqdim etilgan. Biroq, guvohlarning aytishicha, afrikalik ziyoratchilar o‘z navbatiga rioya qilmagan. Natijada tiqilinch vujudga kelgan.