Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Jahon | 18:23 / 29.09.2015
2842
1 daqiqa o‘qiladi
Turk harbiylari kurd jangarilarining 30dan ziyod vakilini yo‘q qildi
Turkiya xavfsizlik kuchlari tomonidan 29 sentabr kuni chegara hududlarida o‘tkazilgan maxsus amaliyotlar jarayonida 30 nafardan ziyod Kurdiston ishchilar partiyasining jangarilari yo‘q qilindi, deya xabar bermoqda Reuters.
Bu haqda Turkiya prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an ma'lum qilgan.
Bundan avvalroq esa turk harbiylarining Kurdiston ishchilar partiyasining Iroq shimolidagi lagerlariga aviazarbalar bergani haqida xabar qilingan edi. Natijada 55 kishi hayotdan ko‘z yumdi.