Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Jamiyat | 11:27 / 01.10.2015
4694
1 daqiqa o‘qiladi
Marg‘ilonda omborxonasida 7 kg giyohvand vositasi saqlagan shaxs qo‘lga olindi
Marg‘ilon shahrida o‘tkazilayotgan «Qoradori-2015» tadbiri davomida 1954 yilda tug‘ilgan, mahalliy aholiga mansub fuqaroning hovlisi tekshirilganida, uning omborxonasida 7 kilogrammdan ortiq miqdoridagi «marixuana» giyohvand moddasi yashirib qo‘yilgani aniqlangan va daliliy ashyo sifatida musodara qilingan.
Mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining tegishli moddasi bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.