Jahon | 23:00 / 02.10.2015
5068
1 daqiqa o‘qiladi

Parijdagi “normand to‘rtligi” uchrashuvi o‘z nihoyasiga yetdi

Parijdagi Yelisey saroyida “normand formatidagi” muzokaralar o‘z nihoyasiga yetdi. Bu Germaniya, Fransiya, Rossiya va Ukraina prezidentlarining 2014 yil iyundan keyingi 3-uchrashuvi bo‘ldi.

Muzokaralar avval tor doirada, keyin esa delegatsiya a'zolari bilan birgalikda bo‘lib o‘tdi. Muzokaralar 4 soatdan ko‘proq davom etgan.

Uchrashuvning ishchi dasturini Rossiya va Fransiya prezidentlarining ikki tomonlama uchrashuvi ochib berdi. Keyin Vladimir Putin va Angela Merkel hamda Pyotr Poroshenko va Fransua Olland o‘rtasida muzokaralar bo‘lib o‘tdi.

Avvalroq “normand to‘rtligi” Parijdagi muzokaralar yakunlari bo‘yicha hech qanday hujjatlarni imzolamasligi ma'lum qilingandi.