Jahon | 19:16 / 02.10.2015
8224
1 daqiqa o‘qiladi

Rossiyaning Saxalin oroliga ikkita tabiiy ofat yopirildi

Saxalin oroli kuchli bo‘ron va suv toshqinidan aziyat chekmoqda. Yaqinda bu yerga kuchli siklon oqimi bostirib keldi. Sinoptiklarning hisob kitobiga qaraganda, bir oylik yomg‘irning uchdan bir qismi yog‘ib bo‘lgan. Orolda shamol tezligi soniyasiga 63 metrni tashkil etyapti.

Tabiiy ofat yetarlicha zarar yetkazishga ulgurdi. Daraxtlarni tomiri bilan sug‘urib, avtomobillarni ag‘darib, uy tomlarini uchirib va elektr uzaytirgichlarini ishdan chiqardi. Qirg‘oqbo‘yi tumanlar ko‘chasini suv bosgan. Saxalin bilan qit'ani bog‘lab turuvchi Vanino-Xolmsk parom yo‘li yopib qo‘yildi. Temir yo‘l harakatlari ham to‘xtatildi.


Mahalliy OAVning xabar berishicha, 3 oktabrda ob-havo yana o‘z qaysarligi davom ettiradi. Kelasi juma kuni esa Saxalin viloyatida yangi siklon kelishi kutilmoqda.