Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Jahon | 19:54 / 04.10.2015
6114
1 daqiqa o‘qiladi
Xalqaro koalitsiya IShIDning Suriya va Iroqdagi pozitsiyalariga 16ta zarba berdi
AQSh boshchiligidagi xalqaro koalitsiya kuchlari IShIDning Suriya va Iroqdagi pozitsiyalariga 16ta zarba berdi. Bu haqda Reuters agentligi xabar bermoqda.
10ta zarba Iroqda, xususan, Kirkuk, Falluja va Ramadi shaharlarida amalga oshirildi.
Bundan tashqari, Suriyaning al-Xasaka shahrida hamda boshqa joylarda terrorchilar 6 marta o‘qqa tutildi.