Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Jahon | 09:26 / 05.10.2015
2593
1 daqiqa o‘qiladi
Xitoyda “Muchjige” tayfuni qurbonlari soni 6 kishiga yetdi
Xitoyning janubidagi Guandun viloyatida avj olgan “Muchjige” tayfuni oqibatida 6 kishi halok bo‘ldi, 215 kishi jarohat oldi. Xitoy markaziy televideniyesining ma'lum qilishicha, viloyatdan 30 ming kishi evakuatsiya qilingan.
Mahalliy matbuotda ta'kidlanishicha, “Muchjige” 1949 yildan buyon eng vayronkor tayfun bo‘ldi. Guanchjou shahri hukumati 4 oktabr kechasi 410 ming oila elektr quvvatisiz, yana 480 ming kishi suvsiz qolganini aytmoqda.