Jamiyat | 12:23 / 06.10.2015
4555
1 daqiqa o‘qiladi

KXDR nyu-yorklik talabani ozodlikka chiqardi

Shimoliy Koreyadagi besh oylik qamoqdan so‘ng AQShning Nyu-York shahrida tahsil oluvchi 21 yoshli talaba ozodlikka chiqarildi. Ayni paytda u Janubiy Koreyada, deb yozmoqda New York Magazine.

Janubiy Koreya fuqarosi hisoblangan Chju Von Mun doimiy ravishda AQShda istiqomat qiladi. Nyu-Yorkdagi biznes maktabini tamomlagandan so‘ng u Xitoy orqali Shimoliy Koreyaga sayohat qilishga qaror qilgan va 2015 yilning 22 aprel kuni hibsga olingan.

Chju Von Munning ma'lum qilishicha, u o‘zining harakatlari noqonuniy ekanini bilmagan, biroq mazkur hodisa Shimoliy va Janubiy Koreya o‘rtasidagi munosabatlarga yaxshi ta'sir ko‘rsatishiga umid bildirdi.
Ayni paytda Janubiy Koreya hodisa tafsilotlarini o‘rganmoqda.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish