O‘zbekiston | 12:15 / 16.10.2015
29980
1 daqiqa o‘qiladi

National Geographic O‘zbekistonning tog‘ manzaralarini e'lon qildi

O‘zbekistonlik fotograf Yevgeniy Diripaskin tomonidan tasvirga olingan fotosuratlarda Chimyon tog‘lari va tungi osmon manzaralarini ko‘rish mumkin.

Fotosuratlar National Geographic jurnali saytida e'lon qilindi.

Surat Chorvoq sum ombori qirg‘oqlaridagi Yakkatut posyolkasida avgust oyida kuzatilgan Perseidlar oqimi vaqtida olingan.

O‘zbekiston, Toshkent viloyati.

Urungach ko‘li— shu nomdagi daryo vodiysida joylashgan ikki ko‘l. Zamonaviy uyg‘ur tilidan tarjima qilinganida, “yorqin yoki oq nefrit” ma'nosini beradi.

Oysiz avgust tunlaridan birida.

G‘arbiy Tyan-Shan, Chimyon tog‘lari.

O‘zbekiston.

G‘arbiy Tyan-Shanning Chimyon tog‘laridagi Bildirsoy daryosi vodiysi. Oysiz tungi osmon mo‘'jizaviy manzarani namoyon etmoqda.

Katta Chimyon tog‘i (3309m) manzarasi. G‘arbiy Tyan-Shandagi Chotqol tog‘lari, O‘zbekiston, Toshkent viloyati.