Sport | 07:38 / 08.11.2015
2730
1 daqiqa o‘qiladi

Aleshandre Pato 20 mln yevro evaziga “Liverpul”ga o‘tishi mumkin

Braziliyaning “San-Paulu” futbol klubida ijara asosida o‘ynovchi “Korintians”ga tegishli hujumchi Aleshandre Pato qishki transfer paytida “Liverpul”ga o‘tishi mumkin.

“Patoning “Liverpul”ga o‘tishi bo‘yicha muzokaralar yakunlovchi bosqichda turibdi. Bitim qiymati 20 mln yevroni tashkil qilmoqda”, deb aytdi “Korintians” prezidenti Karlos Augusto Leko.

Aleshandre Pato Yevropa futbol maydonlarida o‘ynash tajribasiga ega, u Italiyaning “Milan” klubi tarkibida 114 ta o‘yinda maydonga tushib, 52 ta gol urishga muvaffaq bo‘lgan.