Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Jahon | 00:23 / 15.11.2015
4577
1 daqiqa o‘qiladi
Begona pasport bilan Qozog‘iston hududiga o‘tmoqchi bo‘lgan tojikistonlik qo‘lga olindi
Olmaota xalqaro aeroportida KS-132 reysiga ro‘yxatdan o‘tish vaqtida begona pasportdan foydalanmoqchi bo‘lgan tojikistonlik fuqaro qo‘lga olindi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, u pasportni o‘z do‘stidan Qozog‘istondagi kazinolardan biriga kirish uchun so‘rab olgan.
Qozog‘iston Respublikasi milliy xavfsizlik qo‘mitasi chegara xizmati ma'lumotiga ko‘ra, qo‘lga olingan shaxs Tojikistonga jo‘natib yuboriladi.