Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Jahon | 00:35 / 15.11.2015
6373
1 daqiqa o‘qiladi
OAV: Parijda terakt sodir etgan sakkiz terrorchidan biri suriyalik, ikkinchisi fransiyalik bo‘lgan
Fransiyalik tergovchilar Parijda qator teraktlar sodir etgan sakkiz nafar terrorchidan ikki nafarining shaxsini aniqladi. Ulardan biri suriyalik, ikkinchisi esa fransiyalik bo‘lgan. Bu haqda "Yevropa-1" radiostansiyasi xabar bermoqda.
Tekshiruv natijalariga ko‘ra, ularning biri Fransiya fuqarosi, ikkinchisi esa Suriya fuqarosi bo‘lib chiqqan.
Avvalroq “Stad de Frans” stadionidagi portlashga aloqador xudkush yonidan Suriya pasporti topilgani haqida ma'lum qilingan edi.