Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Jahon | 15:25 / 16.11.2015
4458
1 daqiqa o‘qiladi
Putin: A321 halokatining taftishi oxiriga yetib kelmoqda
Rossiya prezidenti Vladimir Putinning bayonotiga ko‘ra, A321 laynerining halokati yuzasidan o‘tkazilayotgan taftish ishlari yakuniga yaqinlashmoqda.
“Biz barcha materiallarni o‘rganishning yakuniy bosqichida turibmiz”, - uning so‘zlarini keltiradi RIA Novosti agentligi.
Bu bayonotni Putin G20 sammiti doirasida Italiya bosh vaziri Matteo Rentsi bilan o‘tkazilgan uchrashuv chog‘ida berdi.