Sport | 08:04 / 23.11.2015
7435
1 daqiqa o‘qiladi

«Spartak» - «Krasnodar» o‘yini vaqtida 2 muxlis vafot etgan

Futbol bo‘yicha Rossiya chempionatining 16-turida Moskva shahrida o‘tkazilgan «Spartak» — «Krasnodar» uchrashuvi vaqtida tribunadagi mahalliy muxlislarning ikki nafari o‘lim topgan.

"Sport-Ekspres" nashrining xabar berishicha, ularning har ikkisi o‘limiga ham yurak xuruji sabab bo‘lgan.

O‘yin mezbonlarning 3:2 hisobidagi g‘alabasi bilan tugagan.