Jahon | 14:07 / 06.12.2015
11073
1 daqiqa o‘qiladi

Jidda xalqaro aeroportida “olamshumul ulkan loyiha”

Saudiya Arabistoni podshosining maslahatchisi, Makkai mukarrama shahri amiri Xolid al-Faysal o‘tgan dushanba 30 noyabr kuni Jiddadagi Podshoh Abdulaziz xalqaro aeroportining “olamshumul ulkan loyiha” deb nomlangan yangi loyihasini ko‘zdan kechirdi, deb xabar berdi Muslim.uz portali.

Ma'lum bo‘lishicha, yangi loyiha 2016 yilning oxirlarida yakunlanadi va 2017 yilning oxirgi choragidan boshlab qatnovlarni amalga oshiradi.

Amir aeroportning yangi loyihasi bilan Saudiya Arabistoni podshosi, Ikki muqaddas haram xodimi Salmon bin Abdulaziz Ol Saud hazrati oliylarini, aeroport xodimlari va loyiha tashkilotchilarini samimiy qutladi.
Eslatib o‘tamiz, yangi loyihaga ko‘ra, Jidda xalqaro aeroporti 30 million yo‘lovchiga xizmat ko‘rsata oladi.