Jamiyat | 14:45 / 01.01.2016
5486
2 daqiqa o‘qiladi

Tojikiston fuqarosiga Moskva politsiyasi tomonidan olib qo‘yilgan bolasi qaytarib berildi

Rossiyadagi “Fuqarolarga ko‘mak berish” markazi xodimlari tomonidan olib borilgan sa'y-harakatlar tufayli Tojikiston fuqarosiga Moskva politsiyasi xodimlari tomonidan olib qo‘yilgan 14 yoshli bolasi qaytarib berildi. Bu haqda markaz direktori Olga Nikolayenko ma'lum qilgan.

«Bola onasiga qaytarildi, — deb ta'kidladi Nikolayenko. — Bola bu ayolni haqiqatda o‘z onasi sifatida tan oladi».

Nikolayenko bu voqeani yoritib chiqqan jurnalistlarga o‘z minnatdaorchiligini bildirgan.
Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 29 dekabr kuni politsiya xodimlari bolali Tojikiston fuqarosini to‘xtatishadi. Ayolda bolaning tug‘ilganlik haqidagi guvohnomasi bo‘lmagani sabab, uni politsiya mahkamasiga olib borishadi, so‘ngra yuqumli kasalliklar shifoxonasiga yotqizishadi.

Ayol o‘z vatanidan faks orqali bolasining tug‘ilganlik haqidagi guvohnomasi olib, uni politsiyaga ko‘rsatadi. Ammo unga bolasini qaytarishni baribir inkor etishadi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish