Sport | 21:02 / 02.01.2016
5894
1 daqiqa o‘qiladi

Krishtianu Ronaldu: “Men o‘zimni o‘zim ilhomlantiraman”

Madridning “Real” jamoasi hujumchisi Krishtianu Ronaldu o‘zi bor ekan, unga kumirlar kerak emasligini aytdi.

“Men vaqtning aksariyat qismida o‘zimni o‘zim ilhomlantirganman. Biroq, albatta, bolalikda men terma jamoa yetakchilari Luish Figu, Rui Koshta va Fernandu Koutani kuzatganman va ular darajasiga yetishni orzu qilganman. Men professional futbolchi bo‘lishni va terma jamoada o‘ynashni istaganman, biroq men uchun kumir futbolchi bo‘lmagan”,

Ma'lumot uchun, 30 yoshli Ronaldu 3 marta dunyoning eng yaxshi futbolchisi deb topilgan.